Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida ilk marta oʻzbek milliy kurashi boʻyicha bahslar oʻtkazilmoqda.
-66kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Maʼruf Gʻaybulloyev hamda Ruslan Boʻriyev saralash bosqichida barcha raqiblarini magʻlub etib, finalgacha yetib kelishdi.
Oʻzbek kurashchilari bahsida Maʼruf Gʻaybulloyevning qoʻli baland keldi va u oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ruslan Boʻriyev esa terma jamoamiz hisobiga kumush medalini taqdim etdi.
+90 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz vakili Nurbek Toʻrayev ham yarim finalgacha yetib keldi va eronlik Jafar Pahlavoniyjagarhga kichik hisobda magʻlub boʻlib, bronza sohibi boʻldi.
Ushbu vazn toifasida yana bir kurashchimiz Muhsin Hisomiddinov finalga qadar yetib keldi. Finalda u eronlik Jafar Pahlavoniyjagarhni ham yengdi va Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻldi!
Kurash boʻyicha -52kg vazn toifasida Gulnor Sulaymonova finalda hindistonlik Pinski Balharani halol bahosi bilan gilamga qulatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi!
Ushbu vazn toifasida qatnashgan Oysuluv Abdumajidova bronza sohibi boʻldi.