Indoneziyada Osiyo oʻyinlarining akademik eshkak eshish sporti boʻyicha Oʻzbekiston termasi aʼzolari bahslarda ishtirok etyapti.
Bugun, 23 avgust kuni 2000 metr masofaga juftlik bahslarida marraga Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov birinchi boʻlib yetib keldi va Oʻzbekiston hisobiga 4-oltin medalni taqdim etishdi.
Bu oltin medaldan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy jadvalda 7-oʻringa koʻtarilib oldi.