Armaniston poytaxti Yerevan shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati yakunlandi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Armanistondan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
Soʻnggi kun dasturida oʻtkazilgan finallarda ringga koʻtarilgan 3 ta bokschimiz ham gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.
Oltin medal sohiblari: Sevara Mamatova, Sobiraxon Shahobiddinova, Feruzjon Saʼdullayev va Islom Salihov.
Kumush medal Maftuna Musurmonova, Maftuna Yangiyeva va Hikmatillo Oʻlmasovga nasib qildi.
Bronza medalni Abdurahmon Mahmudjonov, Akbar Ahmadov, Husan Qahhorov va Norbek Abdullayev qoʻlga kiritishdi.
GUJUM. UZ cayti tahririyati jahon chempionatida qoʻlga kiritilgan ulkan natija bilan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, mamlakat boks federatsiyasi, murabbiylar shtabi va yosh bokschilarimizni samimiy qutlaydi.
Albatta, ushbu yutuqlar mamlakatimizda bolalar sportiga berilayotgan eʼtiborning samarasidir.