BAAning Fujayra shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha oʻsmir yigit va qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Gʻolib va sovrindor bokschilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Yosh bokschilarni kutib olish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidentlari Saken Polatov va Azizjon Kamilov, OʻFA rahbarining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, sportchilarimizning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
J. Saʼdullayev tayyorladi