Armaniston mamlakati mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kecha boʻlib oʻtgan bellashuvlarida yurtimizning charm qoʻlqop vakillari epchilligini namoyon qilishdi. Ringga koʻtarilgan 4 nafar bokschining har biri ishonchli gʻalabaga erishdi.
-50 kg vaznlilar: Husan Qahhorov – Aldiyar Bahadur (Qozogʻiston) 5:0
-54 kg vaznlilar: Shahbozbek Ergashev – Vaxan Galstyan (Armaniston) 5:0
-60 kg vaznlilar: Feruzjon Saʼdullayev – Mirei Gurra (Albaniya) 5:0
-75 kg vaznlilar bellashuvida Ruslan Esanov xorvatiyalik raqibi Ivan Nekichni 2-raundda texnik nokaut bilan magʻlub qildi.
Yurtimizning charm qoʻlqop sohiblariga yanada ulugʻvor omadlar tilaymiz
GUJUM.UZ