Bugun Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.
Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.
Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv oʻtkazadi, Qozogʻistonda Oʻzbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.