OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida ota-onalar bilan uchrashuvlar oʻtkazish anʼanaga aylangan.
Navbatdagi yigʻilishda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, dekan muovinlari B.Razzoqov, Sh.Eshtoʻxtarov, universitet ota-onalar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimovalar soʻzga chiqib, universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda oʻquv jarayonlari haqida maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, talabalarning darslarga qatnashishi, ular bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar hamda fakultet talaba-yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida fikr-mulohazalar yuritildi.
Dastur davomida iqtidorli talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
ijodiy ishlar tanlovi
Kechagi kunda ota-onalar bilan uchrashuv uyushtirilgan ushbu fakultetda bugun ijodiy ishlar tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda yoshlar «Jaholatga qarshi maʼrifat», «Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?», «Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik» hamda «Uchinchi renessans — yoshlar nigohida» mavzularidagi ijodiy ishlari bilan bnllashdilar.
Ushbu tanlov talabalarning ijodiy salohiyatlarini yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot gʻoya taʼsirlariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov nizomiga koʻra, talabalar insho yozish, mushoira hamda rasm chizish yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy bellashdilar. Talabalar mavzularni yoritishda faol ishtirok etib, oʻz qobiliyati-yu mahoratini namoyon qilishdi.
Gʻoliblar Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Sh.Eshtoʻxtarov hamda fakultet tyutorlari tomonidan aniqlanib, universitet bosqichiga tavsiya etildi.
Gujum.uz : Talabalar olgan suvratlar