Oʻtkir virusli infeksiyalardan ehtiyot boʻling

0
105
marta koʻrilgan.

Aholi orasida oʻtkir virusli infeksiyalarga chalinganlar koʻpaymoqda. Ushbu holatning oldini olish maqsadida  mamlakatimizda qanday choralar koʻrilyapti?

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, butun dunyoda boʻlgani kabi kuz-qish mavsumida yurtimizda yosh oʻgʻil-qizlar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar — kasallarning keltirilishi yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.

Vazirlik bu boʻyicha tegishli choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi:

Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar sonini 300 tadan 500 taga oshiriladi.

Soʻnggi kunlarda aholidan haroratining koʻtarilishi, yoʻtal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli “103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada boʻlgan 40 ta avtomashina qoʻshimcha ajratildi.

Tez tibbiy yordam xizmatiga 25-noyabrdan 29 ta toʻliq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratiladi.

Umida Raxmonova, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.