Ozarbayjon Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻldi

0
84
marta koʻrilgan.

Bugun, 21 iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Davlat rahbarlari shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Mamlakatlarimiz yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Marosimda Oʻzbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ishtirok etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.