Oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi

0
123
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

— Sizlarga maʼlumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar oʻzgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim, — dedi Prezident.

Koʻp millatli Navoiy viloyati — xalqlar doʻstligi va oʻzaro anglashuvining yorqin ifodasi. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, tojik, rus, koreys va koʻplab boshqa millat vakillari bir oila aʼzolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda oʻqitish 7 tilda yoʻlga qoʻyilgan.

Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning oʻqib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini taʼkidlashdi. Oʻzlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni soʻzlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30 iyul mamlakatimizda Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilangani qayd etildi.

— Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlugʻ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan  nishonlash  taklifini bildirdim, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Shuningdek, 2022 yilda Navoiyda koʻp millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Doʻstlik bogʻini barpo etishni rejalashtirganmiz.

Prezident yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.