Oʻzbek boksi yulduzlari yosh avlodga namuna

0
130
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan Oʻzbekistonda sport eng quyi boʻgʻindan boshlab rivojlantirilmoqda. Yurtimizdagi yuqori sport tashkilotlariga bu eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan.

Bu borada Milliy olimpiya qoʻmitasi bir qancha sport federatsiyalari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston boks federatsiyasi ham bu borada keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Yunusobod tumanida joylashgan 304 va 519-maktabgacha taʼlim muassasalarida yurtimizning yetakchi charm qoʻlqop ustalari Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Mahmud Gaipov va Shunqor Abdurasulovlar ishtirokida oʻtkazildi. Unda boksimiz yulduzlari jajji bolajonlarimiz bilan uchrashishdi. Tadbir davomida ular maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan muloqotda boʻlishdi va master-klass namoyish etib berishdi. Bolajonlar bokschilar ishtirokidagi mashqlarni maroq bilan tomosha qildilar.

Tadbir yakunida bokschilarimiz Oʻzbekiston boks federatsiyasi nomidan bolakaylarga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.