Oʻzbek millatiga mansub deputatlar 130 nafarni tashkil qiladi

0
90
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatlarning 48 nafari yoki 32 foizini xotin- qizlar, 39 nafarini yoki 26 foizini oldin ham Qonunchilik palatasi deputati boʻlganlar tashkil etadi.

Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha boʻlganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilar. Eng yosh deputat 26 yoshda. Eng yoshi ulugʻ deputat 71 yoshda.

Oʻzbek millatiga mansub deputatlar 130 nafar yoki 87,0%ni, boshqa millat vakillari – 20 nafar yoki 13%ni tashkil qiladi. Ulardan qoraqalpoq va rus millatiga mansublar 5 nafardan, qozoq va tojik millatiga mansublar 3 nafardan, koreys millatiga mansublar 2 nafarni hamda 1 nafardan turkman va qirgʻiz millatiga mansub deputatlar tashkil qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.