Oʻzbek olimasi “Isaak Nyuton” medali bilan taqdirlandi

0
208
marta koʻrilgan.

Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibullayevna “Isaak Nyuton” (“Isaac Newton”) medali bilan taqdirlandi, xabar beriladi kun.uz saytida.

Ushbu medal Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining (www.euscience.info) unvonlar va taqdirlash departamenti tomondan texnika va fizika-matematika fanlari mutaxassislarini taqdirlash uchun taʼsis etilgan. Medal bilan texnika va fizika-matematika sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshgan va butun jahon fan jamiyati tan olgan fan arboblari taqdirlanadi. Departamentning Beknazarova Saida Safibullayevnaga “Isaac Newton” medalini taqdim etish boʻyicha ijobiy xulosasi 2017 yil 10 aprelda (629-sonli bayonnoma) olingan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.