Oʻzbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan chempionlar

0
330
marta koʻrilgan.

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida 2-8 iyul kunlari jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda yosh polvonlarimiz mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd eta olishdi. Yaʼni, bungacha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida birdaniga uchta oltin medal qoʻlga kirita olmagandi. Yakunlangan musobaqada esa yigitlarimiz millatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochishdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh polvonlarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mutasaddilari, muxlislar, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.