Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi ochildi

0
119
marta koʻrilgan.

Urganch tumanining Gʻoybu qishlogʻida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning oʻz ona tilida taʼlim olishi, urf-odatlari va anʼanalarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.   

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi bunyod etildi. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu maʼnaviyat maskanining ochilish marosimi boʻldi. 

Davlat rahbarlari dastlab bu yerda oʻrnatilgan Maxtumquli Firogʻiy byustini ochdi, uning poyiga gullar qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbek-turkman doʻstlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy meʼmorlik anʼanalari asosida bunyod etilgan. Oʻzbek va turkman xalqlarining koʻp asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar oʻtkazish uchun katta zal, turli fan va sanʼat toʻgaraklari uchun xonalar barpo etilgan. 

Oʻzbek-turkman doʻstlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.