Oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstligi tarannum etildi

0
105
marta koʻrilgan.

Samarali muzokaralardan soʻng, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi oʻtkazildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz  — mehnat faxriylari, fan va madaniyat namoyandalari, ijodkorlar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalari vakillari ham ishtirok etdi. Ular Oʻzbekistonni rivojlantirish, birodar xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissasini qoʻshib kelmoqda, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 

Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

Milliy kuy-qoʻshiqlarda oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstligi tarannum etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.