Oʻzbekiston 2020 yilda MDHga raislik qiladi

0
94
marta koʻrilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammiti keng doiradagi muzokaralar bilan davom etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilda MDHga raisligi qoʻllab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz raisligi davomida tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish va samaradorligini oshirishga ustuvor eʼtibor qaratilishini taʼkidladi.

Hamdoʻstlikni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va 2030 yilga qadar davrda iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini qabul qilishni jadallashtirish taklif etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, erkin savdo zonasi toʻliq ishlashini taʼminlash, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish va uchinchi mamlakatlar bozorini oʻzlashtirish, agrar soha, energetika va telekommunikatsiyalar tarmogʻidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy, innovatsion va taʼlim dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Davlatimiz rahbari oʻn yilga moʻljallangan Transport va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini va Hududlararo hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish muhimligini taʼkidladi. 

Kelgusi yili yurtimizda birinchi MDH hududlararo forumi boʻlib oʻtadi, shuningdek, MDH savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashi majlisini oʻtkazish, uning doirasida Hamdoʻstlikning ishbilarmonlik tashabbuslari haftaligini tashkil qilish taklifi bildirildi. 

Shuningdek, axborot xavfsizligi, madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha ham qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi. 2020 yilda MDHga raislik Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtishi toʻgʻrisida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya, Sovet xalqining 1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Hamdoʻstlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zoʻravonlik koʻrinishlariga qarshi kurashish  boʻyicha hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar qabul qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.