“Oʻzbekiston 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasidagi ishlarning borishi koʻrib chiqildi

0
76
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

«Oʻzbekiston 2030» strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturining ijrosi koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonning JSTga kirish boʻyicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ichimlik suvi taʼminoti, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, onkologik kasalliklarning oldini olish, davlat xizmatida sifatni oshirish va raqobatni taʼminlash borasidagi loyihalar boʻyicha aniq amaliy choralarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, jumladan, investorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish masalasiga eʼtibor qaratildi. Shu maʼnoda, maslahatchi ilgʻor xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tijorat nizolarini hal qilishning aniq mexanizmlarini taklif etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.