“Oʻzbekiston – 2035″ xalqaro forumi: taraqqiyot shartlari muhokama qilinmoqda​

0
157
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 fevral kuni “Oʻzbekiston – 2035” ikkinchi xalqaro forumi oʻz ishini boshladi.
 
Mazkur forum Oʻzbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasining muhim iqtisodiy va siyosiy yoʻnalishlarini muhokama etishga bagʻishlangan boʻlib, unda deputatlar, vazirlik va idoralar, ilmiy-taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi aʼzolari qatnashmoqda.
 
Forumning ilk yalpi majlisida Oʻzbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi loyihasining asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
 
– Strategiya loyihasi 2020-2025, 2030, 2035 yillarga moʻljallangan uchta bosqichda amalga oshirilishi belgilangan, – deydi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktori, «Rikor” (Rossiya) texnoparki bosh direktori Habib Abdullayev. – Birinchi bosqich strategik rivojlanish maqsadlari uchun faol investitsiyalar, yaʼni iqtisodiy rivojlanishga kuchli turtki boʻla oladigan investitsiyalarni jalb qilishni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi bosqichda mamlakatning iqtisodiy va texnologik salohiyati roʻyobga chiqariladi. Soʻnggi bosqichda yetuk bozor iqtisodiyotiga oʻtiladi. Bu paytga kelib Oʻzbekistonni jahondagi iqtisodiyoti rivojlangan 50 ta yetakchi mamlakat qatoriga kiritishga erishiladi. 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.