Oʻzbekiston Butunjahon yozgi universiada oʻyinlarida ishtirok etadi

0
233
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida talaba yoshlar oʻrtasida “XXX Butunjahon yozgi universiada oʻyinlari” boʻlib oʻtadi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati. Ushbu nufuzli sport anjumanida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Kichik Olimpiada, deya taʼriflanadigan Butunjahon talabalar sport oʻyinlari yoki soddaroq qilib aytganda Universiada mana 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida talabalar oʻrtasida har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Bahslarda 18 yoshdan 26 yoshgacha (25 yoshdan oshmagan) boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada 120 ga yaqin davlatdan 9000 nafarga yaqin talaba sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Yozgi universiada dasturidan jami 18 ta sport turi boʻyicha musobaqalar oʻrin olgan boʻlib, 42 nafar oʻzbekistonlik talabalar yengil atletika, dzyudo, taekvondo WTF, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, oʻq otish hamda kamondan otish boʻyicha medallar uchun bahs olib borishadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.