Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ikki nafar ilmga chanqoq, izlanuvchan qizlari Sotvoldiyeva Mohinur Hazratullo qizi va Abdusalamova Zanjiloy Farhod qizi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq ushbu nufuzli mukofot sohibalari boʻlishdi!
Universitetning Adabiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti, andijonlik Sotvoldiyeva Mohinurga ushbu mukofot adabiyot sohasi boʻyicha olib borayotgan izlanishlari, ijodiy va ilmiy faoliyatidagi yutuqlari hamda fidoyiligining yuksak eʼtirofidir.
Sirdaryolik Zanjiloy Abdusalamova Xalqaro jurnalistika fakultetining 3-bosqich talabasi. Ushbu mukofot uning bilimga chanqoqligi, izlanishlari va mehnatsevarligining yorqin ifodasidir. Zanjiloy talaba boʻlish bilan birga oʻz ustida ishlab amaliyotga alohida eʼtibor beryapti. U Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining jurnalistlar uz telegramm kanalida “Media soha 7 kun ichida” dasturining videosharhlovchisi. Hafta davomida media sohasida roʻy bergan eʼtiborga loyiq voqea-hodisalar haqida fikr-mulohozalarini ifodalaydi.
Ilmga chanqoq, izlanuvchan universitetning faxri boʻlmish qizlar koʻplab iktidorli, tlmparvar talabalarga namuna boʻlib, izdoshlari koʻpayishiga munosib hissa qoʻshadilar, deb ishonamiz.
Gujum. uz cayti tahririyati aʼzolari nomidan universitetning bu yilgi yulduzlarini samimiy muborakbod etamiz va anʼanalar bardavom boʻlishida tilakdoshmiz!