Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 9 iyun sanasidagi farmoni eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda milliy musiqa va qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish, xalqimizning boy maʼnaviy merosi va anʼanalarini asrab-avaylash hamda jahon miqyosida keng targʻib etishga qoʻshgan munosib hissasi, talaba yoshlarga oʻzbek va jahon mumtoz sanʼati durdonalari va zamonaviy yutuqlarini oʻrgatish, ularning ijodiy qobiliyatini roʻyobga chiqarish, yuksak professional mahorat va malakaga ega boʻlgan soha vakillarini tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasini oshirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan professor-oʻqituvchilardan bir guruhi mukofotlandi.