2018 yilning 18-23 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev boshchiligidagi delegatsiya Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan Sakkizinchi Jahon suv forumida ishtirok etish oʻrin olgan. Ushbu forum barqaror rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va ushbu sohada global kun tartibini shakllantirish masalalari boʻyicha tajriba almashish uchun eng katta maydon hisoblanadi.
Forum natijasi boʻyicha vazirlar deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur deklaratsiyada xalqaro hamjamiyat va milliy hukumatlarga suvdan adolatli foydalanish imkoniyatini taʼminlash va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrishga chaqiriq kiradi.
Manba: OʻzA