Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini Turkiyaning Belek shahrida boʻlib oʻtmoqda.
Mashgʻulotlar 4-noyabrda boshlangan boʻlib, 28-dekabrga qadar davom etadi. Yigʻinga qishki mavsumdagi musobaqalarda qatnashadigan terma jamoa aʼzolari jalb qilingan.
Mashgʻulotlar davomida sportchilar jismoniy yuklamalar qatori maxsus texnik harakatlar orqali oʻz mahoratlarini kuchaytirishmoqda.
gujum.uz