Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kamco Invest» kompaniyasi rahbari Abdulloh al-Sharix bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
1998 yilda tashkil etilgan «Kamco Invest» moliyaviy kompaniyasi aktivlarni boshqarish, investitsion banking va brokerlik sohasida xizmatlar koʻrsatadi. BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Buyuk Britaniyada vakolatxonalari mavjud.
«Kamco Invest» rahbariyati bilan xususiy kompaniyalarning korporativ faoliyati samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish hamda Qoʻshma investitsiya platformasini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi.