Oʻzbekiston figurali uchish boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

0
275
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston 2022 yili figurali uchish boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionatini qabul qilish niyatida, deya xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi. Bu borada Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirilgan va Oʻzbekiston bu borada ayni paytda yakka daʼvogar boʻlib turibdi.

Musobaqa 2022 yilning 7-13 mart kunlari “Humo arena” muz saroyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Poytaxtimizda “Humo arena” koʻp tarmoqli muz saroyining barpo etilishi eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu arenada koʻplab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish mumkin.

Yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish va ularni aholi orasida yanada ommalashtirish maqsadida qator istiqbolli ishlar olib borilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.