Oʻzbekiston hisobida yana bir oltin! Moʻminjon Abdullayev Osiyoda tengsiz!

0
140
marta koʻrilgan.

Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida yunon-rum kurashida +130 kg vazn toifasida Moʻminjon Abdullayev oltin medal uchun bahsda qozogʻistonlik Nurmakan Tinaliyevga qarshi gilamga chiqdi.

Bahsda Moʻminjon Abdullayev muddatidan avval ajoyib tarzda gʻalaba qozondi va Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻldi! 

Eslatib oʻtamiz, bugungi bahslarda taekvondo boʻyicha hamyurtimiz Nikita Rafalovich Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.

Ogʻir atletika boʻyicha -69kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Yoqubov esa kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Yunon-rum kurashida Rustam Assakalov ham terma jamoa hisobiga kumush medal keltirdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.