Oʻzbekiston Hukumati delegatsiyasining Afgʻonistonga tashrifi toʻgʻrisida

0
145
marta koʻrilgan.

2018 yilning 8-9 iyul kunlari Afgʻoniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Kabul shahrida Afgʻoniston Hukumati Ijrochi Raisi Abdulla Abdulla, Xavfsizlik kengashi rahbari Muhammad Hanif Atmar, Tashqi ishlar vaziri Salahiddin Rabbani, Afgʻonistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay va boshqa nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvlarda Afgʻonistondagi vaziyat hamda tinchlik jarayoni, mamlakatni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha keng milliy birdamlikka erishish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev tomonidan Kabul shahrida Afgʻonistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi va oʻzaro manfaatli loyihalarni tadbiq etish, qoʻshma ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlari hamda Oʻzbekiston-Afgʻoniston iqtisodiy kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.