Oʻzbekiston koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha xorijlik mutaxassislari bilan hamkorlik qilmoqda.

0
96
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha AQSH, Niderlandiya, Rossiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya mutaxassislari bilan ish olib bormoqda. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov «Oʻzbekiston 24» telekanalidagi chiqishida maʼlum qildi.

Vazir soʻnggi 2-3 kunda Oʻzbekistonda koronavirusni yuqtirib olish holatlari ortishi boʻyicha telejurnalist savoliga javob berdi: – Epidemiologiyaning qonuniyatiga koʻra, boshqa davlatlardagi kasallanish dinamikasini kuzatadigan boʻlsak, virus yuqib, tarqalib, oʻsishi davom etadi. Har bir davlat tibbiyotining oldida turgan masala – kasallanishning keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik».

Vazir Oʻzbekistonda koronavirus tashxisini amalga oshirish boʻyicha yaratilgan sharoitlarga ham toʻxtaldi: –Koronavirus tashxisini amalga oshirish uchun yetarli sharoit bor. PSR apparatlari yetarli miqdorda taʼminlangan. Diagnostikumlarni qator mamlakatlardan olib kelib, yetarli miqdorda taʼminlaganmiz. Qaysi mamlakatda kasallikni aniqlash jarayonlari tez amalga oshsa, izolyasiya qilinsa, shifoxonaga joylansa va davolansa, bu yerda yaxshi natijalarga erishiladi, keng tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Vaziri Alisher Shadmanov  tekshiruvlar kuchaytirilganini taʼkidladi:  – Bugungi kunda barcha karantin zonalarimizda, aholimizning xavf guruhlari ichida tekshiruvlarni kuchaytirganmiz. Kechaning oʻzida biz 4737ta test sinovlarini oʻtkazdik. 76ta holatda kasallikni aniqladik. Yangi kasallar aniqlanganligi yomon holat, lekin aniqlamaganimizda undan ham yomon boʻlishi mumkin edi.

Alisher Shadmanov karantin meʼyorlarining 14 kun etib belgilanishiga izoh berdi va kasallik tarqalishining oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldi: – Meʼyorlarni tanlashda hamjamiyat, olimlar, mutaxassislar bilan hamkorlikda, integratsiyada ishlash boʻyicha prezidentimiz topshiriq berganlar. Ikki marta Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining missiyasi boʻldi. Tashkilot vakillari kelib, bizda epidemiologiya nuqtayi nazaridan ishlarni olib borishdi. Amerika qoʻshma shtatlaridan professor ish olib bordi, Niderlandiyadan Urte xonim bizda 2 oy mobaynida faoliyat yuritdi.  Bugungi kunda prezident topshirigʻiga muvofiq, Koreyadan professor Choy tashrif buyurgan.  Hozirgi kunda epidemiyaga qarshi choralar boʻyicha bizga yordam beryapti.

U koronavirusdan zararlangan 390 nafar kishining holati nazoratda boʻlishi, sifatli standartlar asosida yordam berilishi nuqtayi nazaridan har bir bemorga davolovchi shifokordan tashqari, ikki nafardan tibbiyot xodimi — oliy taʼlim muassasalari va respublika ilmiy markazlari yetakchi mutaxassislari biriktirilganini aytib oʻtdi. 

Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya mutaxassislari bilan ish olib borilayotgani, xususan bugun Moskvadagi bosh infeksionist Devyatkin bilan videokonferensiya amalga oshirilishini maʼlum qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.