Oʻzbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qilindi

0
42
marta koʻrilgan.

Al-Kuvayt shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Saboh Oʻzbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

— Sanoat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;

— Mehnat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— «Aqlli» shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Sanʼat va madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Turizm sohasida 2025-2027 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi;

— Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.