Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi III yoshlar Para Osiyo uyinlarida ishtirok etish uchun BAAga joʻnab ketdi

0
214
marta koʻrilgan.
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yengil atletika, suzish va pauerlifting sport turlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida 8-14 dekabr kunlari III Para Osiyo uyinlari boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
 
Mazkur nufuzli musobakada oʻzbekistonlik 17 nafar yosh iqtidorli paralimpiya sportchilari vatanimiz sharafini ximoya qilishadi. 
 
Bugun terma jamoamiz aʼzolari poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Dubay shaxriga joʻnab ketishdi. 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.