Oʻzbekiston MOQ Tokio Olimpiadasiga rasmiy taklifnoma oldi

0
225
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Tokio shahrida oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun rasmiy taklifnoma oldi. Taklifnoma shaxsan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan joʻnatilgan.

“Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasini 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha  Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan oʻttiz ikkinchi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga taklif qilishni sharaf deb biladi.

Tomas Bax,
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti”, – deya yoziladi mazkur taklifnomada.

Taʼkidlash joiz, XOQ navbatdagi Olimpiadaga 1 yil qolganidan soʻng tashkilotga aʼzo mamlakat milliy koʻmitalariga rasmiy taklifnomalar joʻnatadi. Ayni paytda XOQ tarkibiga 206 mamlakat aʼzo.

Shu paytga kelib terma jamoamizdan tennischimiz Denis Istomin hamda velosportda Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasi, oʻq otishda Server Ibragimov esa Paralimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.