Oʻzbekiston Prezidenti Abu Dabi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari bilan telefon orqali muloqot qildi

0
125
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning 7 aprel kuni telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston-BAA munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, amaliy hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, yoqilgʻi-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor sohalarida yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ushbu global xatarga samarali qarshi kurashish borasida mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan misli koʻrilmagan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari pandemiya oqibatlarini yengib oʻtishda koʻrsatilayotgan koʻmak uchun Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik surʼatiga, shu jumladan bugungi kunda BAAning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, infratuzilma, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Turli darajalarda birgalikdagi saʼy-harakatlarni faol muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.