Rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida «Action Group Holdings» kompaniyasi rahbari Shayx Muborak as-Sabohni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
1998 yilda tashkil etilgan xolding faoliyati koʻchmas mulk, neft sanoati, axborot texnologiyalari, logistika, qurilish, taʼlim, konsalting va savdo sohalarini qamrab oladi.
Davlatimiz rahbari «Action Group Holdings» kompaniyasining Oʻzbekistonda gidroelektr stansiyalari va ijtimoiy uy-joylar qurish, mineral resurslarni qayta ishlash boʻyicha rejalarini maʼqulladi.