Oʻzbekiston Prezidenti «ACWA Power» kompaniyasining innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatladi

0
39
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiya forumi doirasida Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan oʻtkazgan uchrashuvda joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va sheriklikni tubdan kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning “yashil” energetika tarmogʻi rivojiga eng koʻp sarmoya kiritayotgan ushbu kompaniya bilan hamkorlik sermahsul boʻlayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda muqobil energetika sohasida 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalar faol tayyorlanmoqda.

Suhbat chogʻida kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda innovatsion loyihalarni, shu jumladan Oʻzbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi doirasida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.