Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 29 iyul kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Majlisda axborot sohasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik siyosatini amalga oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
⚡️Yigʻilishda Asadjon Xoʻjayevni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlash toʻgʻrisidagi Prezident Qarori oʻqib eshittirildi.