Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston Prezidenti bilan uchrashdi

0
178
marta koʻrilgan.

15 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasidagi hamkorlikning istiqbollari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat yetakchilari afgʻon mojarosini harbiy yoʻl bilan hal qilishning imkoni yoʻqligini yana bir bor taʼkidlab, inklyuziv afgʻonlararo muzokaralar tez fursatda qayta tiklanishining tarafdori ekanliklarini qayd etdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol koʻmaklashishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Pandemiyaga qaramay, joriy yilning besh oyi yakunlari boʻyicha oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga ortdi. Oʻzbekistonda Afgʻoniston sarmoyasi ishtirokida 160 ta yangi korxona tashkil etildi.

Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash barobarida Afgʻonistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini barobarida Afgʻonistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini, xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul — Peshovar” temir yoʻli va yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish loyihalarini  yanada ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.

Prezidentlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida qatʼiy ekanliklarini qayd etdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.