Oʻzbekiston Prezidenti Al-Kuvayt shahriga keldi

0
67
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mishʼal as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari koʻtarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. Soʻng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Aeroportning Amir terminalida yetakchilar oʻrtasida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara oʻtkazadilar. Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Kuvayt oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.