Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan BAAda boʻladi

0
133
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Iqlim boʻyicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qoʻshilgan, 2018 yilda mamlakatimiz Parij bitimi ishtirokchisi boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.