Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

0
165
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida boʻladi deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, Federal Kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan. 

Mamlakatimiz yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Kun tartibidan Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.