Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga keldi

0
37
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28 sentyabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal oʻlkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun, 29 sentyabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham oʻrin olgan. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.