Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlatimiz rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yoʻlaklarini raqamlashtirish uchun “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar oʻrin olgan.
SPEKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga koʻmaklashish maqsadida 1998 yil 26 mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq taʼsis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston.
Shu kunlarda Boku shahrida SPEKAning qator ishbilarmonlik tadbirlari, shu jumladan iqtisodiy forum va Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanoat salohiyati koʻrgazmasi oʻtmoqda.