Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi

0
93
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here