Oʻzbekiston Prezidenti “AMEA Power”, “M42” va “IFFCO” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “AMEA Power” kompaniyasi rahbari Husayn al-Novays, “M42” kompaniyasi rahbari Hasan Jasim al-Novays va “IFFCO Group” kompaniyasi rahbari Sheroz Allanni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

“AMEA Power” — qayta tiklanuvchi energiya sohasida tez surʼatda rivojlanayotgan kompaniya. 20 mamlakatda umumiy quvvati 6 gigavattdan ortiq boʻlgan loyihalar portfeliga ega. “M42” innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “IFFCO Group” oziq-ovqat sohasida 100 dan ortiq brendlarni boshqaradi.

Energetika, innovatsiyalar, sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida qoʻshma loyihalarni ilgari surish hamda BAA kompaniyalari bilan innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

«AMEA Power» kompaniyasi bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shamol elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlarini qurish, neft-kimyo sohasida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, “M42” kompaniyasi bilan genomika sohasida, «IFFCO Group» bilan esa oziq-ovqat sanoati va maishiy kimyo uchun ingrediyentlar ishlab chiqarishda oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.