Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi.
Poytaxtning “Esonbugʻa” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.