Oʻzbekiston Prezidenti AQSH biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

0
31
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida 18 sentyabr kuni Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tadbirda “GE HealthCare”, “Oppenheimer”, “Cerberus”, “CNH” va “Cintana” korporatsiyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston yetakchisi uchrashuv ishtirokchilarini Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabriklab, ushbu tuzilma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda muhim oʻrin tutishini alohida taʼkidladi.

Joriy yil 15 sentyabr kuni Vashington shahrida AQSHning 250 dan ortiq kompaniya va banklari vakillari ishtirokida oʻtgan qoʻshma biznes forumining samarali yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Palata raisi Kerolin Lemm davlatimiz rahbariga Amerika biznesining mamlakatimizga qiziqishi va ishonchi oshishiga xizmat qilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini amalga oshirishdagi siyosiy yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Keyingi bir necha yilda palata tarkibiga AQSHning yirik kompaniyalari kirgani, ularning umumiy soni 50 taga yetgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda AQSH biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”larini qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.