Oʻzbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

0
118
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga, shu jumladan ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish borasidagi tashabbus va dasturlarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.