Oʻzbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

0
66
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Geri Pitersni qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama savdo koʻrsatkichlari oʻsmoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari koʻpaymoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan AQSH Prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida oʻtkaziladigan “C5+1” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.