Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktyabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.=
Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari boʻyicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekistonda USAID bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yoʻnalishlarda bir qator loyihalar roʻyobga chiqarilgani va davom ettirilayotganini taʼkidlash joiz.
Suhbat chogʻida joriy yilning sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan “S5+1” formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.