Oʻzbekiston Prezidenti AQSH kompaniyalarining mamlakatimizdagi biznesini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

0
61
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarida yuqori darajaga erishilgani hamda palata mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshayotgani taʼkidlandi.

Oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi barqaror oshmoqda, energetika, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Kerolin Lemm AQSH ishbilarmon doiralari nomidan davlatimiz rahbariga ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligiga shaxsan eʼtibor qaratayotgani va uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Amerika tadbirkorlarining Oʻzbekistondagi faoliyatni kengaytirish, moliyaviy instrument va mexanizmlarni rivojlantirish borasidagi ilgʻor tajribani joriy etish hamda turli tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq rejalari muhokama qilindi.

Joriy yilda Toshkent shahrida AQSHning peshqadam kompaniya va banklari ishtirokida biznes forumini oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.